If-else shart operatorlari. Shart operatorining if – else ko‘rinishi quyidagicha:
if shart:
<operator1>
else:
<operator2>
.
Bu yerda <shart-ifoda> 0 qiymatidan farqli yoki true bo‘lsa <operator1>, aks holda <operator2> bajariladi. If-else shart operator mazmuniga ko‘ra algoritmning tarmoqlanuvchi blokini ifodalaydi: <shart-ifoda> - shart bloki (romb) va <operator1> blokning «ha» tarmog‘iga, <operator2> esa blokning «yo‘q» tarmog‘iga mos keluvchi amallar bloklari deb qarash mumkin.
6.4.1-rasm. if-else shart operatorining blok sxemasi.
If-else operatorining ishlatilishiga doir quyidagi misolni ko'ramiz: