9. KORTEJ VA RO'YXATLAR
Biz oldingi darslarimizda siz bilan Python dasturlash tilining fundamental va eng muhim qismlaridan biri hisoblangan ma’lumotlar turlari(data types) bo’limi bilan tanishib chiqdik. Ushbu bo’limda esa Python dasturining ma’lumotlar murakkab (jamlangan) turlari (collection data types) bo’limidan foydalangan holda ma’lumotlar to’plamlarini qanday yig’ishni o’rganish orqali dasturlash imkoniyatlarimizni kengaytiramiz.
Ma’lumotlar jamlangan turlari(Collection data types yoki Data structures) bo’limi asosan to’rtta ma’lumotlar to’plami turlarini o’z ichiga oladi.
1. Ro’yxat(List) – Bu Pythonda mavjud bo'lgan ko'p qirrali ma'lumotlar turi bo'lib, ularni kvadrat qavslar orasida vergul bilan ajratilgan qiymatlar (elementlar) ro'yxati sifatida yozish mumkin. Ro’yxat bo’limi o’zgaruvchan, tartibli va takrorlanuvchi ma’lumotlari o’z ichga oladi.
2. Kortej(Tuple) – Bu o'zgarmas Python ob'ektlarining ketma-ketligi. Kortejlar xuddi ro'yxatlar singari ketma-ketliklardir. Kortejlar va ro'yxatlar o'rtasidagi farq shundan iboratki, kortejlarni ro'yxatlardan farqli o'laroq o'zgartirish mumkin emas va kortejda qavslardan foydalanadi.
3. To'plam(Set) – Bu o’ziga xoz va o’zgarmas obyektlaring tartiblanmagan va indexlanmagan to’plamlarini o’z ichiga oluvchi ma’lumot turidir. Takroriy a'zolar yo'q.
4. Lug’at(Dictionary) – Bu tartiblanmagan, o'zgartiriladigan va indekslangan to'plam. Takroriy a'zolar yo'q. Odatda biz bu to’plamdan ma’lumotlar juda ko’p bo’lganda foydalanamiz.