MEXATRONIKA
  • KIRISH
  • MA'RUZA MATNLARI
    • 1. MEXATRONIKA TUSHUNCHASI
      • 1.1. Mexatronika nima?
      • 1.2. Mexatronikaga berilgan asosiy ta'riflar. Mexatronikaning uslubiy asosi.
    • 2. ALGORITM
      • 2.1. Algoritm tushunchasi
      • 2.2. Algoritmlarga sodda misollar.
      • 2.3. Algoritmning asosiy xossalari
      • 2.4. Algoritmni ifodalash usullari
      • 2.5. Savol va topshiriqlar
    • 3. DASTUR VA DASTURLASH TILLARI
      • 3.1. Dastur tushunchasi
      • 3.2. Algoritmik tillar
      • 3.3. Savol va topshiriqlar
    • 4. PYTHON DASTURLASH TILI SINTAKSISI
      • 4.1. Python dasturlash tili
      • 4.2. Nima uchun Python?
      • 4.3. Dasturlash muhitlari
      • 4.4. Python IDLE interfeysi
      • 4.5. Kalit so'zlar
      • 4.6. Identifikatorlar
      • 4.7. Amallar
      • 4.8. Savol va topshiriqlar
    • 5. О‘ZGARUVCHILAR VA О‘ZGARMASLAR, ASOSIY MA’LUMOT TURLARI. DASTUR STRUKTURASI.
      • 5.1. O’zgaruvchilar va o’zgarmaslar
      • 5.2. Butun va haqiqiy sonlar turi. Mantiqiy tur.
      • 5.3. Sonlar ustida arifmetik amallar. Matematik funksiyalar.
      • 5.4. Satr ma'lumot turi
      • 5.5. Kiritish va chiqarish operatorlari.
      • 5.6. Savol va topshiriqlar
    • 6. TARMOQLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 6.1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar
      • 6.2. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga sodda misollar
      • 6.3. If operatori
      • 6.4. if - else operatori
      • 6.5. if - elif -else tarmoqlanishi
      • 6.6. Namunaviy misollar
    • 7. TAKRORLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 7.1. While takrorlash operatori
      • 7.2. for takrorlanish operatori
      • 7.3. range funksiyasi
      • 7.4. Ichma-ich joylashgan takrorlanishlar
      • 7.5. Takrorlanishdan chiqish. Break va continue operatorlari.
      • 7.6. Namunaviy misollar.
    • 8. FUNKSIYALAR. GLOBAL VA LOKAL O'ZGARUVCHILAR.
      • 8.1. Funksiyalar.
      • 8.2. Global va lokal o'zgaruvchilar.
    • 9. KORTEJ VA RO'YXATLAR
      • 9.1. Ro'yxatlar
      • 9.2. Kortejlar
    • 10. LUG'AT VA TO'PLAMLAR
      • 10.1. To'plamlar
      • 10.2. Lug'atlar
    • 11. OBYEKTGA YO'NALTIRILGAN DASTURLASH.
      • 11.1. Sinf va obyekt
      • 11.2. Konstruktorlar.
  • AMALIY MASHG'ULOTLAR
  • LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
  • O'QUV-USLUBIY HUJJATLAR
  • ADABIYOTLAR
  • DASTUR HAQIDA
Powered by GitBook
On this page
  1. MA'RUZA MATNLARI
  2. 6. TARMOQLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.

6.3. If operatori

Previous6.2. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga sodda misollarNext6.4. if - else operatori

Oldingi mavzularda keltirilgan dasturlarda amallar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog‘liq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. Python dasturlash tilida dasturning alohida bo‘laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo‘lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shart operatordan foydalaniladi.

Python dasturlash tilida shart operatorlaridan foydalanishda if, if-else, if-elif-else kalit so’zlaridan foydalaniladi. If shart operatori qo’llaniluvchi tarmoqlanishning umumiy blok sxemasi 6.3-rasmda keltirilgan.

If operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirshi natijasiga ko‘ra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi:

if <shart>:

<operatorlar yoki ifodalar>

Bu yerda <shart> qismida mantiqiy ifodalar yoki solishtirish amallarini o‘zida qamragan shartlar kiritiladi. Agar shart 0 qiymatidan farqli yoki rost (true) bo‘lsa, <ifodalar> bajariladi, aks holda, ya’ni shart 0 yoki yolg‘on (false) bo‘lsa, hech qanday amal bajarilmaydi va boshqaruv if operatoridan keyingi operatorga o’tadi (agar u mavjud bo‘lsa).

Blok interpretator tomonidan yaxlit bir operator deb qabul qilinadi. If shart operatoridan keyin keladigan tarmoqlanish sharti qavsga olinishi shart emas. Tarmoqlanish shartidan keyin esa doimo : (ikki nuqta) qo’yib ketish kreak. Masalan,

x = float(input('Biror son kiriting'))
if x>0:
    print ('Musbat')

Dastur bajarilishi jarayonida haqiqiy turdagi x o‘zgaruvchi e’lon qilingan va uning qiymati klaviaturadan o‘qiladi. Keyin x qiymatini 0 sonidan kattaligi tekshiriladi, agar shart bajarilsa(true), u holda ekranga “Musbat” xabari chiqadi. Agar shart bajarilmasa, bu operatorlar cheklab o‘tiladi.

Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, Python dasturlash tilida shartlardan keyin doim : belgisini qo‘yish kerak. Shunda shartga bo‘ysunuvchi <ifodalar> if operatori blokining ichiga joylashadi.

6.3.1-rasm. If shart operatorining blok sxemasi.