MEXATRONIKA
  • KIRISH
  • MA'RUZA MATNLARI
    • 1. MEXATRONIKA TUSHUNCHASI
      • 1.1. Mexatronika nima?
      • 1.2. Mexatronikaga berilgan asosiy ta'riflar. Mexatronikaning uslubiy asosi.
    • 2. ALGORITM
      • 2.1. Algoritm tushunchasi
      • 2.2. Algoritmlarga sodda misollar.
      • 2.3. Algoritmning asosiy xossalari
      • 2.4. Algoritmni ifodalash usullari
      • 2.5. Savol va topshiriqlar
    • 3. DASTUR VA DASTURLASH TILLARI
      • 3.1. Dastur tushunchasi
      • 3.2. Algoritmik tillar
      • 3.3. Savol va topshiriqlar
    • 4. PYTHON DASTURLASH TILI SINTAKSISI
      • 4.1. Python dasturlash tili
      • 4.2. Nima uchun Python?
      • 4.3. Dasturlash muhitlari
      • 4.4. Python IDLE interfeysi
      • 4.5. Kalit so'zlar
      • 4.6. Identifikatorlar
      • 4.7. Amallar
      • 4.8. Savol va topshiriqlar
    • 5. О‘ZGARUVCHILAR VA О‘ZGARMASLAR, ASOSIY MA’LUMOT TURLARI. DASTUR STRUKTURASI.
      • 5.1. O’zgaruvchilar va o’zgarmaslar
      • 5.2. Butun va haqiqiy sonlar turi. Mantiqiy tur.
      • 5.3. Sonlar ustida arifmetik amallar. Matematik funksiyalar.
      • 5.4. Satr ma'lumot turi
      • 5.5. Kiritish va chiqarish operatorlari.
      • 5.6. Savol va topshiriqlar
    • 6. TARMOQLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 6.1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar
      • 6.2. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga sodda misollar
      • 6.3. If operatori
      • 6.4. if - else operatori
      • 6.5. if - elif -else tarmoqlanishi
      • 6.6. Namunaviy misollar
    • 7. TAKRORLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 7.1. While takrorlash operatori
      • 7.2. for takrorlanish operatori
      • 7.3. range funksiyasi
      • 7.4. Ichma-ich joylashgan takrorlanishlar
      • 7.5. Takrorlanishdan chiqish. Break va continue operatorlari.
      • 7.6. Namunaviy misollar.
    • 8. FUNKSIYALAR. GLOBAL VA LOKAL O'ZGARUVCHILAR.
      • 8.1. Funksiyalar.
      • 8.2. Global va lokal o'zgaruvchilar.
    • 9. KORTEJ VA RO'YXATLAR
      • 9.1. Ro'yxatlar
      • 9.2. Kortejlar
    • 10. LUG'AT VA TO'PLAMLAR
      • 10.1. To'plamlar
      • 10.2. Lug'atlar
    • 11. OBYEKTGA YO'NALTIRILGAN DASTURLASH.
      • 11.1. Sinf va obyekt
      • 11.2. Konstruktorlar.
  • AMALIY MASHG'ULOTLAR
  • LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
  • O'QUV-USLUBIY HUJJATLAR
  • ADABIYOTLAR
  • DASTUR HAQIDA
Powered by GitBook
On this page
  1. MA'RUZA MATNLARI
  2. 2. ALGORITM

2.4. Algoritmni ifodalash usullari

Previous2.3. Algoritmning asosiy xossalariNext2.5. Savol va topshiriqlar

Oldingi darslarda algoritmlarni so‘zlar vositasida ifodalagan edik. Masalalarning yechim ijrochisi ijrochisi sifatida texnik qurilmalarni tanlaydigan bo’lsak, oddiy so‘zlar bilan ifodalangan so‘zlarni tushunmaydi. Shuningdek ko‘rsatmalarni biror til so‘zlari vositasida ifodalaganimizda boshqa tilda so‘zlaydigan insonlar uchun ijro bajarilishida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda esa umumiy sxema, jadval va grafiklar yo‘naltiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqorilardan ko‘rinib turibdiki, algoritmni bir necha ko’rinishlarda ifodalasa bo‘lar ekan. Endi esa ifodalash usullari bilan birma-bir tanishib chiqamiz:

  • Algoritmlarning so‘zlar vositasida ifodalanishi. Algoritmning so’zlar vositasida ifodalanishi ijrochiga inson tilidagi ko’rsatmalar berilishi bilan izohlash mumkin. So’zlar vositasida ifodalangan ko’rsatmalarda jumlalar tarzdagi buyruq beriladi.

  • Algoritmning jadval va formulalar yordamida ifodalanishi. Masalaning yechimini aniqlashda, ular orqali xulosa chiqarishda boshlang‘ich qiymatlar va jarayon holati jadval ko‘rinishda berilishi mumkin. Bu ko‘rinish ham tahlil qilish, yechim topishga ma’lum bir miqdorda ko‘rsatmalar ketma-ketligini berayotganligi tufayli algoritm sifatida kiritish mumkin. Masalan binoda ichki yoritilish va havo aylantirishni avtomatik tarzda ta‘minlash ko‘rsatmalarini jadval shaklida ifodalashni ko’raylik.

Jadval ma‘lumotlarida beriladigan buyruq ko‘rsatmalar 1(yoqish) va 0 (o’chirish) shaklda ifodalangan. Algoritmni formulalar yordamida ifodalaganda masala yechim topishda ko’rsatmalar fizik, kimyoviy yoki matematik formulalarga tayanadi.

  • Algoritmni grafik sxemalar yordamida ifodalash. Manzillar, xaritalar, yo‘nalish sxemalar va grafiklar foydalanuvchi yoki ijrochiga maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar beradi. Jarayonlarni grafik ko‘rinishda ifodalashning eng qulay usullaridan biri bu blok-sxema usuli hisoblanadi. Blok-sxema usuli algoritmni ijrochiga yetkazishning eng universal usuli bo‘lib, bunda algoritm yo‘natiruvchi chiziqlar bilan tutashtirilgan, ma‘lum ko‘rsatma yoki buyruqlarni o‘zida akslantirgan bloklardan tuziladi.

Misol. Uchta m, n, k sonlar berilgan. m va n sonlar kvadratlari yig’indisini, m va k sonlar ayirmasining modulini hisoblash algoritmini tuzing.

Yechim. Algoritmda boshlang‘ich qiymatlar o‘rniga ularning nomlari ishtirok etishi mumkin va bu algoritmning ommaviylik xossasiga aloqadorligini bildiradi. Bu masalada ham sonlar guruhi m, n, k nomlari bilan berilmoqda va uning joiz boshlang‘ich qiymati ixtiyoriy haqiqiy son bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, algoritmda turli nomlar ishtirok etishi va ular boshlang‘ich qiymatlar va natijalar nomi bo‘lishi ham mumkin.

Bu masala algoritmini ikki xil usulda: so‘zlar yordamida va grafik shaklda tuzamiz:

  1. Boshlansin;

  2. m,n,k qiymatlar kiritilsin;

  3. m va n sonlar kvadratlari yig’indisini S deb olib hisoblansin;

  4. m va k sonlar ayirmasining modulini P deb olib hisoblansin;

  5. Natijalar sifatida S va P yozilsin;

  6. Tugallansin;

  • Algoritmni dastur shaklda ifodalanishi. Algoritm ijrochisi sifatida hisoblash texnikasi olinganida beriladigan ko‘rsatmalar ketma-ketligini jumlalar tarzidagi buyruqlar yoki jadval, grafik ko‘rinishida berib bo‘lmaydi. Bu yerda ijrochining imkoniyat darajasidan kelib chiqib, unga algoritm maxsus dastur ko‘rinishida yuklash kerak. Har bir tuziladigan dastur ham murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Algoritmning hisoblash texnikasi tushunadigan tilda yozilishi natijasida dastur hosil bo‘ladi. Ushbu tilni esa dasturlash tili deb nomlash mumkin. Dasturlash tillariga misol qilib C++, Java, PHP, Pascal va boshqa tillarni keltirsa bo‘ladi.