2.2. Algoritmlarga sodda misollar.
Algoritmlarga ba‘zi misollarni keltirib o‘tamiz. Masalan, bizga biror idishda ma‘lum temperaturadagi suvni tayyorlash buyurilgan bo‘lsin. Bu jarayonni amalga oshirish uchun umumiy holda quyidagicha ko‘rsatmalar ketma-ketligini tuzish mumkin:
V1 hajmda T1 haroratdagi suvni idishga sol;
V2 hajmda T2 haroratdagi suvni idishga sol;
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning yechish yo’lini yaxshi tasavvur qilib olish, keyin esa formalashtirish, ya’ni aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi ko’rinishida yozish kerak. Ko‘rsatmalar ketma-ketligining aniq, lekin minimal miqdordaligi algoritmning optimal ishlashini ta’minlaydi.
Algoritmlarning asosiy afzalligi shuki, inson ishlash qobiliyati cheklangan yoki xavfli sharoitlarda ham ko‘rsatmalarni texnik qurilmalarga yuklab bajarish imkoniyati borligidir. Shuning uchun ham aytish mumkinki, algoritmlash va dasturlash turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarishning asosi hisoblanadi.