1.2. Mexatronikaga berilgan asosiy ta'riflar. Mexatronikaning uslubiy asosi.
Mexatronika loyihalash va ishlab chiqarish masalalarini, hamda “aqlli”, ya’ni oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan mashinalarning funksiyalarini o’rganadi.
Mexatronika - bu murakkab muhandislik tizimlarini boshqarish uchun sensorlarning (datchiklarning), aktuatorlarning (ijrochi mexanizmlarning), signallarning, elektronikaning, qaror qabul qilish va boshqaruv algoritmlarining hamda kompyuter texnikasi va dasturlarining sinergetik birlashuvidir.

Mexatronikada barcha energetik va axborot oqimlari yagona maqsadga erishish uchun yonaltirilgan bo’ladi, bu maqsad – mexanik harakatni aniq qonuniyat bo’yicha boshqarishni taminlashdir.
Birlashtirilgan (integratsiyalangan) mexatronika elementlari loyihalashtiruvchi tomonidan loyihalanishi bosqichida tanlanadi, so’ng mashina ishlab chiqarishda zarur bo’lgan muhandis va texnologik yechimlar bilan boyitiladi.
Mexatronik tizimlarning metodologik asosini parallel loyihalash usullari tashkil etadi. Kompyuter boshqaruvli mashinalarni an'anaviy loyihalashda ketma–ketlik usuli qo’llaniladi, yani birinchi tizimning mexanik, elektron, sensorli va kompyuter qismlari loyihalashtiriladi, so’ng interfeys bloklar tanlanadi. Parallel loyhalashning paradigmasi (modeli) – bir vaqtning o’zida tizimning barcha komponentlari bir-biri bilan o`zaro bog’langan holda loyihalashtiriladi.
«Mexatronika obyekti» deganda raqamli boshqariladigan va biror maqsadli harakatni amalga oshiruvchi qandaydir predmet (mahsulot) tushuniladi. U uchta darajada bo`lishi mumkin: 1. mexatronik tizim; 2. mexatronik agregat (mashina); 3. mexatronik modul.
Last updated