MEXATRONIKA
  • KIRISH
  • MA'RUZA MATNLARI
    • 1. MEXATRONIKA TUSHUNCHASI
      • 1.1. Mexatronika nima?
      • 1.2. Mexatronikaga berilgan asosiy ta'riflar. Mexatronikaning uslubiy asosi.
    • 2. ALGORITM
      • 2.1. Algoritm tushunchasi
      • 2.2. Algoritmlarga sodda misollar.
      • 2.3. Algoritmning asosiy xossalari
      • 2.4. Algoritmni ifodalash usullari
      • 2.5. Savol va topshiriqlar
    • 3. DASTUR VA DASTURLASH TILLARI
      • 3.1. Dastur tushunchasi
      • 3.2. Algoritmik tillar
      • 3.3. Savol va topshiriqlar
    • 4. PYTHON DASTURLASH TILI SINTAKSISI
      • 4.1. Python dasturlash tili
      • 4.2. Nima uchun Python?
      • 4.3. Dasturlash muhitlari
      • 4.4. Python IDLE interfeysi
      • 4.5. Kalit so'zlar
      • 4.6. Identifikatorlar
      • 4.7. Amallar
      • 4.8. Savol va topshiriqlar
    • 5. О‘ZGARUVCHILAR VA О‘ZGARMASLAR, ASOSIY MA’LUMOT TURLARI. DASTUR STRUKTURASI.
      • 5.1. O’zgaruvchilar va o’zgarmaslar
      • 5.2. Butun va haqiqiy sonlar turi. Mantiqiy tur.
      • 5.3. Sonlar ustida arifmetik amallar. Matematik funksiyalar.
      • 5.4. Satr ma'lumot turi
      • 5.5. Kiritish va chiqarish operatorlari.
      • 5.6. Savol va topshiriqlar
    • 6. TARMOQLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 6.1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar
      • 6.2. Tarmoqlanuvchi jarayonlarga sodda misollar
      • 6.3. If operatori
      • 6.4. if - else operatori
      • 6.5. if - elif -else tarmoqlanishi
      • 6.6. Namunaviy misollar
    • 7. TAKRORLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
      • 7.1. While takrorlash operatori
      • 7.2. for takrorlanish operatori
      • 7.3. range funksiyasi
      • 7.4. Ichma-ich joylashgan takrorlanishlar
      • 7.5. Takrorlanishdan chiqish. Break va continue operatorlari.
      • 7.6. Namunaviy misollar.
    • 8. FUNKSIYALAR. GLOBAL VA LOKAL O'ZGARUVCHILAR.
      • 8.1. Funksiyalar.
      • 8.2. Global va lokal o'zgaruvchilar.
    • 9. KORTEJ VA RO'YXATLAR
      • 9.1. Ro'yxatlar
      • 9.2. Kortejlar
    • 10. LUG'AT VA TO'PLAMLAR
      • 10.1. To'plamlar
      • 10.2. Lug'atlar
    • 11. OBYEKTGA YO'NALTIRILGAN DASTURLASH.
      • 11.1. Sinf va obyekt
      • 11.2. Konstruktorlar.
  • AMALIY MASHG'ULOTLAR
  • LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
  • O'QUV-USLUBIY HUJJATLAR
  • ADABIYOTLAR
  • DASTUR HAQIDA
Powered by GitBook
On this page
  1. MA'RUZA MATNLARI
  2. 7. TAKRORLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.

7.2. for takrorlanish operatori

for takrorlash operatori qandaydir sonlar to'plamidagi har bir son uchun chaqiriladi. Sonlar to'plami range() funksiyasi, list() funksiyasi yoki [,] qavslarda foydalanuvchi tomonidan shakllantirilgan ro'yxatlar orqali hosil qilinadi.

Quyida for takrorlash operatorining sintaksisi keltirilgan:

for int_var in funksiya_range:

instruktsiyalar

for kalit so'zidan keyin int_var o'zgaruvchisi (o'zgaruvchi nomi ixtiyoriy bo‟lishi mumkin) keladi va u faqat butun turdagi qiymatlar qabul qiladi, undan keyin in kalit so'zi (in operatori) va range funksiyasi chaqirilgan va oxirida “:” belgisi bilan takrorlash operatori asosiy qismi tugaydi.

for takrorlash operatorining tana qismi bir yoki bir nechta instruksiyalardan tashkil topishi mumkin va ular asosiy qismga nisbatan bitta xat boshi tashlab yoziladi.

Takrorlash operatori bajarilganda range() funksiyasi hosil qilgan sonlar to'plamidan sonlar ketma-ket int_var o'zgaruvchisiga uzatiladi. Takrorlanish bo'yicha barcha sonlar ketma-ket o'tib bo'lingandan keyin takrorlash operatori o'z ishini tugatadi.

Quyida 1 dan n gacha bo'lgan sonlar yig'indisini hisoblash dasturi for operatori yordamida amalga oshirilgan:

sum = 0
n = int(input("n=")) 
for i in range(1,n+1):
    sum = sum + i
print("summa(1+...+n) =", sum)

Ushbu misolni tahlil qilamiz. Dastlab konsol ekranidan butun son kiritiladi. Takrorlanishda i o'zgaruvchisi aniqlangan bo'lib, u range() funksiyasidan qaytarilgan qiymatni o'zida saqlaydi. Bu yerda range() funksiyasi 2 ta parametr qabul qilgan: birinchisi sonlar to'plamini boshlang'ich qiymati va ikkinchisi oxirgi qiymati ( oxirgi qiymat to'plamga kirmaydi). Natijada range() funksiyasi [1,…,n-1] oraliqdagi sonlarni ketma-ket qiymat sifatida qaytaradi va har bir qiymat uchun takrorlanish operatorining tana qismi bajariladi.

Previous7.1. While takrorlash operatoriNext7.3. range funksiyasi