# KIRISH

Mexatronika - bu murakkab muhandislik tizimlarini boshqarish uchun nazorat-o’lchash asboblari (datchiklar), ijro ijrochi mexanizmlari, signallari,  elektronikaning, qaror qabul qilish va boshqaruv algoritmlarining hamda kompyuter texnikasi va dasturlarining sinergetik birlashuvidir.

Mazkur о‘quv kursida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qо‘llaniladigan mexatron tizimlari, ularning elementlari hamda ularni boshqaruvchi dasturlar yoziladigan dasturlash tillari haqida asosiy tushunchalar beriladi.

Mazkur elektron ta'lim resursining maqsadi -foydalanuvchilarga mexatronik tizimlar va ularning tarkibi,  mexatronika va robototexnikada qо‘llaniladigan axborot tizimlari va ularning sinflanishi, mexatron modullarning va robotlarning axborot uzatish-o’zgartirish qurilmalari, mexatronik harakat modullari va ijro mexanizmlari  strukturasi haqida bilim berishdan iborat.

Elektron ta'lim resursining asosiy vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalar shakllantirish hamda mexatron tizimlarning ishlashining asosiy prinsiplari, tushunchalari va usullariini о‘rgatish hamda olingan bilimlarni mexatornik boshqarish tizimlarini tahlil va sintez qilishda ishlata bilishni о‘rgatishdan iboratdir.

Elektron ta'lim resursi quyidagi elementlardan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan:

* O'quv materiallari;
* Namunaviy misollar;
* O'z-o'zini sinash uchun savollar;
* Interaktiv so'rovnomalar va topshiriqlar;
* Videomateriallar;


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://mex.tict.uz/readme.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
